Bosh sahifaga qaytishHUQUQIY HUJJAT
Foydalanish Shartlari (Terms of Service)
Oxirgi yangilanish: 2026-yil
1. Xizmat ko‘rsatish asoslari
KODHUB dasturiy ta'minot, veb-saytlar, mobil ilovalar va dizayn xizmatlarini buyurtmachi bilan tuzilgan rasmiy shartnoma va texnik talabnoma (TZ) asosida taqdim etadi.
2. Mualliflik huquqlari va mulkchilik
Loyiha bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgach, yaratilgan dasturiy ta'minotning mulkiy huquqlari va manba kodlari to‘liq buyurtmachiga o‘tadi.
3. Kafolat va javobgarlik
Studiya topshirilgan mahsulotning kelishilgan muddat davomida barqaror ishlashiga kafolat beradi. Uchinchi tomon xizmatlari (hosting, domen, to‘lov provayderlari) uzilishlariga shartnomada belgilangan tartibda yondashiladi.
